Dzyudo böyiça ikki karra jahon çempioni va uç karra Olimpiada bronza medali sovrindori Rişod Sobirov 30 yoşida sportçilik faoliyatini yakunlaşi haqida e'lon qildi.
Sportçining özi ma'lum qilişiça, u dzyudo böyiça milliy terma jamoada öz vazn toifasida (-60/-66 kg) murabbiylik ştabida maslahatçi bölib faoliyat olib boradi.
U yoşlarga yöl beriş vaqti kelgani, şu vaqtgaça doimo sportçi sifatida Özbekistonni kökka kötariş uçun bor imkoniyatini işga solgani, endi esa özbekistonlik dzyudoçilarga maslahatçi murabbiy sifatida yordam berişga harakat qilişi haqida aytib ötgan.
Rişod Sobirov ikki vazn toifasida Olimpiada sovrindori bölgan. U Pekin—2008 va London—2012 Olimpiadalarida -60 kilogramm vaznda gilamga çiqqan va bronza medalini qölga kiritgan. 2016 yilgi Rio Olimpiadasida esa -66 kilogramm vazn toifasida sovrindor bölgan.
Uning hisobida şuningdek, jahon çempionatining 2ta oltin va bitta bronza medali hamda Jahon kubogi, Gran-Pri va Katta dubulğa jahon musobaqalarining 17ta (10−4−1) va qit'a birinçiliklarining törtta medali (1−1−2) bor.












