Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chempion sportchilar imtihonsiz trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin
Foto: Fotolia
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 yanvardagi 32-sonli qarori bilan Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan attestatsiya o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, endi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari, Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari musobaqalarining g‘olib va sovrindor sportchilariga tegishli sport federatsiyalarining (uyushmalar) tavsiyalari asosida sport maktablarida trener sifatida ishlashlari uchun trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma beriladi. Bunda, chempionlar attestatsiyaning birinchi va ikkinchi bosqichlaridan o‘tkazilmaydi.
Shuningdek, umumta'lim maktablarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining tavsiyalari asosida sport maktablarida trener-instruktor sifatida ishlash uchun belgilangan tartibda tegishli ruxsatnoma beriladi.
Ruxsatnoma olish uchun umumta'lim maktablarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari attestatsiyaning birinchi va ikkinchi bosqichlaridan o‘tmaydilar.
Ma'lumot uchun: shu paytgacha, Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari, mamlakatimizning nufuzli sport musobaqalari g‘olib va sovrindor sportchilari trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishlarida ruxsatnomaga ega bo‘lishlari uchun 3 va 6 oylik maxsus o‘quv kurslarini tamomlashlari kerak edi.
Mavzuga oid
19:13 / 07.04.2026
Futbol bo‘yicha Superliga o‘yinlari soat 19:00 dan keyin belgilanishi mumkin
19:12 / 07.04.2026
Oliy sport mahorati maktablari o‘rniga «Olimpiya terma jamoalari markazi» tashkil qilinadi
18:34 / 07.04.2026
Ishchilarining sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
18:32 / 07.04.2026