Zahiriddin Muhammad Bobur Örta asr Şarq madaniyati, adabiyoti va şe'riyatida öziga xos örin egallagan adib, şoir, olim böliş bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqaraşi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bölsa, serjilo özbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning maşhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis ğazal va ruboiylari turkiy şe'riyatining eng nodir durdonalari bölib, «Mubayyin» («Bayon etilgan»), «Xatgi Boburiy», «Harb işi», Aruz haqidagi risolalari esa islom qonunşunosligi, şe'riyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bölib qöşildi.

Tarixçilar, olimlar va adabiyotşunoslar tomonidan şoh va şoir şaxsiyatiga xos quyidagi yetti fazilat doimo e'tirof etib kelingan: vatanparvarlik, yuksak himmatlilik, jasurlik, boşqaruvda benazirlik, odamlarga farovonlik soğiniş, jangçilar köngliga yöl topiş va adolat qilmoqlik.

Boburdan juda köplab ilmiy, adabiy meros qolgan. U lirik şe'rlari va tarixiy «Boburnoma»sidan taşqari, islom qonunşunosligi va boşqa sohalarda ham asarlar yaratgan. 1522 yilda öğli Humoyunga atab yozgan «Mubayyin» nomli asarida öşa zamon soliq tizimini, soliq yiğişning qonun-qoidalarini, şariat böyiça kimdan qança soliq olinişi va boşqa masalalarni nazmda izohlab bergan. «Xatti Boburiy» deb atalgan risolasida arab alifbosini turkiy tillar, xususan, özbek tili nuqtai nazaridan birmunça soddalaştirib berişga harakat qilgan. U, tajriba sifatida «Xatti Boburiy» alifbosida Qur'oni Karimni köçirgan. Boburning aruz vazni va qofiya masalalariga bağişlangan «Mufassal» nomli asari ham bölganligi ma'lum, biroq bu asar bizgaça yetib kelmagan.

Zahiriddin Muhammad Bobur hikmatlaridan:

«Şafqatsiz kişi azobga loyiqdir».
«Yaxşi kişilarni Yaratgan yaxşi döstlar bilan siylaydi».
«Köpçilik bahodirlar qançalar kuçli bölmasinlar, ular hargiz öz jahllari va qörquvlaridan ustun kela olmaydilar».
«Könglingni dinlarning muhokama maydoniga aylantirma. Adolat örnatişda insonlarning e'tiqodiga çuqur hurmatda böl».