Misr parlamenti 14 fevralda 9 nafar yangi vazir nomzodini tasdiqlaş uçun ovoz berdi, deb xabar bermoqda Misr televideniyesi.   

Hukumatning yangilangan röyxati parlamentga tasdiqlaş uçun yuborilgandi. Ovoz beriş jarayonida Misr boş vaziri Şarif Ismoil ham iştirok etdi.

Qişloq xöjaligi, rejalaştiriş va ma'muriy islohotlar, oliy ta'lim va ilmiy tadqiqotlar, Vakillar palatasi (parlament) işlari böyiça, ta'minot va savdo, hududiy rivojlaniş va transport vazirliklarida rahbarlar almaştirildi.

Misr investitsiyalar vazirligi va xalqaro hamkorlik vazirligi bir vazirlikka birlaştirildi. Yangi vazirlikka xalqaro hamkorlik vazirligining endilikda sobiq vaziri Saxar Nasir rahbar etib tayinlandi.