Janubiy Koreya prokuraturasi Samsung kompaniyasi guruhlari vitse-prezidenti Li Çje Yonni hibsga oliş uçun order talab qildi. Reuters agentligi şu haqida xabar berdi. 

"Biz (Samsung Electronics kompaniyasining) vitse-prezident Li Çjye Yon va prezident San Jin Pakni hisbga oliş uçun  order sörab murojaat qildik", - deya prokuraturaning sözlarini keltiradi agentlik. Prokuror qöşimça tafsilot bermadi, biroq bu borada çorşanba kungi brifingda batafsil bayonot berilişini ta'kidladi. Öz navbatida, Seuldagi sudda, order sörovnomasi böyiça eşituv 16 fevralda ötkazilişi haqida xabar berildi. 

Yanvar oyida Li Çje Yonni hisbga oliş uçun Janubiy Koreya sudiga yönaltirilgan birinçi sörovnoma rad etildi. Tergov versiyasiga köra, aynan Li Çje Yon Tsoy Sun Sil - mamlakat prezidenti Pak Kin Xening yaqin dugonasiga moliyaviy yordam körsatiş töğrisida qaror qabul qilgan. Buning evaziga hukumat tomonidan biznesning yanada samarali yuritilişi uçun turli imtiyozlar yaratilgan.