Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook ish topishga yordam beradi
AQShning Facebook ijtimoiy tarmog‘i 2017 yil 17 fevralidan sahifasi bor kompaniyalarga maxsus bo‘limda bo‘sh ish o‘rinlari xususida e'lon berish imkonini taqdim etadi. Foydalanuvchilar esa, bu e'lonlarga javob yo‘llashlari mumkin bo‘ladi. Birinchi galda, ushbu loyihadan AQSh kompaniyalari foydalana olishadi, deb yozmoqda Business Insider nashri.
E'lon qilingan bo‘sh ish o‘rinlari barcha foydalanuvchilarga namoyish etiladi. Buning uchun ular kompaniya sahifasiga kirishi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, mobil ilovalar va sayt uchun alohida bo‘limlar yaratiladi.
Foydalanuvchilar bu xabarlarga javob berishadi, Facebook o‘z navbatida foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini kompaniyaga taqdim etadi. Ish qidiruvchilar, Messenger orqali ish beruvchi bilan muloqotda bo‘lishi ham mumkin.
Facebook tarmog‘ining reklama bo‘yicha vitse-prezidenti Endryu Botsvortning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq shu yo‘l bilan biznes olamining muammolarini hal etishga yordam beradi.
Mavzuga oid

23:06 / 22.09.2025
Prezident AQSh yetakchi kompaniyalari bilan muhim minerallar sohasidagi sheriklikni muhokama qildi

23:04 / 22.09.2025
Putin Jo Baydenning sobiq yordamchisiga Rossiya fuqaroligini berdi

21:35 / 22.09.2025
AQSh Qozog‘iston bilan 4 mlrd dollarlik yirik bitimni e’lon qildi

20:14 / 22.09.2025