17:20 / 17.02.2017
6446

Avstraliya bosh vaziri va Tramp o‘rtasidagi mojaro haqiqatdan ham yuz bergandimi?

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniyaning Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi hukumati rahbari Uinston Cherchillga o‘xshashga harakat qilishi hamda “ommaviy axborot vositalaridagi yolg‘on ma'lumotlar” bilan kurashga o‘z vaqtini sarflamasligi kerak. Bu haqda Avstraliya bosh vaziri ma'lum qildi.

Avstraliya hukumati rahbari Malkolm Ternbullning ma'lum qilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp haddan tashqari ko‘p vaqtini OAVda uning ma'muriyati ishini yoritish uslublari ustidan kulish va yolg‘on maqolalar bilan kurashga sarflamoqda, deb xabar beradi Reuters.

“Buyuk siyosatchi Uinston Cherchill bir vaqtlar siyosatchilarning matbuotdan nolishi dengizchilarning dengizdan nolishiga o‘xshab ketishini aytgandi”, - dedi Ternbull.

Uning aniqlik kiritishicha, matbuot bilan kurashda hech qanday ma'no yo‘q. “Biz bilan birga faoliyat ko‘rsatayotgan OAVlar bor hamda bizning ishimiz faqatgina ma'lumot tarqatish va barcha ommaviy axborot vositalariga e'tibor uchun minnatdorlik bildirishdir”, - deya maslahat bergan Avstraliya bosh vaziri.

Shuningdek Ternbull jurnalistlardan doimo o‘z faoliyati va jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan so‘rovlar haqida savollar olishini aytib o‘tdi. Bu uning partiyasi mashhurligi darajasi rekord hajmga pastga sho‘ng‘iganini bilan bog‘liq.

Tramp 16 fevral, payshanba kuni OAVlarga qarshi navbatdagi ayblovlar bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular yolg‘on yangiliklarni taqdim etmoqda.

Tramp Oq uydagi matbuot anjumani davomida jurnalistlarga uning barcha harakati salbiy qabul qilinishi, shu bilan bir vaqtda, Hillari Klintonning davlat kotibi lavozimidagi qadamlariga Trampdan boshqa hech kim e'tibor qaratmagani haqidagi ayblovlar bilan murojaat qildi.

Shuningdek prezidentning ma'lum qilishicha, OAV tomonidan tarqatilayotgan ishonchsiz xabarlar Rossiya va boshqa davlatlar bilan munosabatlarni yaxshilashga katta to‘siq bo‘lmoqda. “Men sizlarga shunchaki bir narsani aytmoqchiman, yigitlar sizlar tomonidan qilingan soxta reportajlar – yolg‘on, dahshatli va ishonchsiz bo‘lib, Rossiya bilan muzokaralarni qiyinlashtirmoqda”, - dedi Tramp. “Bu sharmandali holat. Sababi, agarda biz Rossiya, Xitoy, Yaponiya va barcha boshqa davlatlar bilan yaxshi munosabatlarni o‘rnatsak, bu salbiy emas, balki ijobiy jarayon bo‘ladi”, - deya xulosa qildi Tramp.

Avvalroq Tramp haqida doimiy ravishda tanqidiy maqolalar e'lon qilinuvchi The Washington Post gazetasi 2 fevral kuni o‘z nomini oshkor etmagan amerikalik amaldorga asosan, AQSh prezidenti Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull bilan barcha davlatlar rahbarlari bilan bo‘lgan muloqotlaridan “eng yomonini o‘tkazganini” xabar bergandi. Nashr ma'lumotiga ko‘ra, ikki davlat yetakchilarining suhbati aslida bir soatga yaqin vaqt davom etishi kerak edi, ammo Tramp uni 25 daqiqadan so‘ng tugatib qo‘ygan. Undan oldin esa AQSh prezidenti Ternbullga, u bilan suhbat “bugungi kundagi eng yomon muloqot” bo‘lganini xabar qilgan. Manba ma'lumotiga ko‘ra, Tramp Ternbull unga Avstraliyadan bo‘lgan qochqinlarni qabul qilish haqidagi majburiyat to‘g‘risida eslatgach darg‘azab bo‘lgan. Amerika yetakchisining Twitter’dagi sahifasida yozishicha, Obama ma'muriyati “Avstraliyadan bir necha ming noqonuniy muhojirlarni qabul qilishga rozi bo‘lgan”. Trampning qo‘shimcha qilishicha, “bu kelishuvni” o‘rganib chiqadi.

Ternbullning o‘zi esa Tramp bilan suhbat konstruktiv va ochiq ruhda o‘tganini aytib o‘tdi. “Bu suhbatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ochiq holda o‘tkaziladi. Agarda siz ular haqidagi xabarlarni ko‘rgan bo‘lsangiz, mening yana nimanidir qo‘shimcha qilish niyatim yo‘q”, - dedi Avstraliya bosh vaziri.

Top