Madridning «Real» klubi rahbariyatida kutilmagan özgarişlar kuzatilişi mumkin. Bu haqda Kataloniyaning El Mundo Deportivo naşri yozib qoldirgan.
Manbaga köra, madridliklar prezidenti Florentino Peres öz lavozimidan ketişni niyat qilgan. Hozirça u nima sababdan bunday qarorga kelayotgani borasida aniq ma'lumotlar yöq.
Xabar qilinişiça, Peres oilaviy sabablar tufayli şunday qarorga kelgan. U «Real»ni yanada rivojlantira olişi mumkin bölgan örinbosar qidirmoqda. U bölajak rahbar klub qoidalariga rioya qilişi, prezident lavozimi uçun kerakli xususiyatlarga ega bölişi va «Santyago Bernabeu» stadionining ta'mirlaş işlarini davom ettirişini istamoqda.
Ma'lumot uçun, Florentino Peres «Real»ga ilk marta 1995 yilda prezident etib saylangan va 2006 yilgaça şu boşqaruvda işlagandi. Oradan uç yil ötib u ikkinçi martda prezidentlikka saylandi va hozirgaça şu lavozimda işlab kelmoqda.
Peres boşqaruvi paytida «Real», Ispaniya çempionatida 3 marta (2000/01, 2002/03, 2011/2012), Çempionlar ligasida 3 marta (2001/02, 2013-14, 2015-16) va klublar örtasidagi jahon çempionatida 2 marta (2014, 2016) ğoliblikni qölga kiritdi.












