Özbekiston prezidentining “Madaniyat va sport sohasida boşqaruv tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni asosida tuzilgan Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida “Özbekkonsert” davlat muassasasi taşkil qilindi.
Bu muassasa “Özbeknavo” estrada birlaşmasi va “Özbekraqs” milliy raqs birlaşmasi negizida paydo böladi.
Bu taşkilot milliy estrada san'atini rivojlantiriş va muvofiqlaştiriş böyiça kengaş huzuridagi Estrada san'atini rivojlantiriş jamğarmasi negizida byudjyetdan taşqari Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi taşkil qilindi.
"Kontsert-tomoşa faoliyatini amalga oşiriş huquqini beradigan litsenziya oliş uçun tölanadigan davlat boji ajratmalari, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi taşkilotlarning byudjyetdan taşqari mablağlari va daromadlaridan ajratmalar Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi daromadlarining manbalari etib belgilansin, Jamğarma mablağlari “Özbekkonsert” davlat muassasasi ta'minotiga, Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaşga va xodimlarini moddiy rağbatlantirişga yönaltirilsin", deyiladi farmonda.












