Ispaniya qirolining singlisi infanta Kristina hiyla-nayranglarga doir jinoiy iş böyiça moliyaviy firibgarliklarda aybsiz topildi. Ammo, uning eri Inyaki Urdangarin 6 yil-u 3 oylik qamoq jazosiga mahkum etildi. Palma-de-Mayorka şahrining sudi şunday qaror çiqargan. Bu haqda TASS agentligi xabar qilmoqda.
"Sud Kristina de Burbonni uni gumon qilişgan jinoyatlardan oqladi", - deyiladi sud bayonotida. Bunda malika 265 ming yevro miqdorida jarima tölaşi kerak, çunki u turmuş örtoği sodir etgan jinoyatlardan moliyaviy foyda körgan.
Öz navbatida, Urdangarin xizmat vakolatini suiiste'mol qiliş, firibgarlik, yuqori doiralardagi aloqalaridan ğarazli maqsadlarda foydalaniş va davlat xazinasiga nisbatan jinoyatlarda aybdor deb topilgan. U 6 yil 3 oylik qamoq jazosidan taşqari, 7 yil 1 oyga qisman diskvalifikatsiya qilinadi va 512 ming yevro jarima tölaydi. Ammo, bu sudning yakuniy qarori emas, ayblanuvçi uni qayta körib çiqişni talab qilişi mumkin.
Mazkur iş böyiça eşituvlar 2016 yil 11 yanvarida boşlangan va 22 iyunda yakunlangan edi. Jinoiy işga 17 kişi jalb etildi. Ispaniya qirollik oilasi a'zosi birinçi marotaba sudning ayblov kursisida ötirdi.
Prokuraturaga köra, Urdangarin va uning sobiq hamkori Diyego Torres rahbarlik qilgan "Noos Instituti" jamoat taşkiloti Balear orollari va Valensiya byudjyetlaridan yirik mablağlarni özlaştirişda yaşiriniş manbai bölib xizmat qilgan.
Tergov jarayonida aniqlanişiça, institut turli sport musobaqalarini taşkil etiş böyiça mahalliy hokimiyat uçun qiymatni haddan ortiq kötarib yuborgan va olingan mablağlarni turli tijorat firmalariga ötkazgan. Şu bilan 6 mln yevrodan ortiq mablağ özlaştirilgan.












