Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi 26 fevralda Barselona şahrida bölib ötadigan MWC-2017 körgazmada yangi LG G6 smartfonini taqdim etadi. Ammo, u haqda barça ma'lumotlar oşkor bölib böldi. Unga köra, telefon dizayni unçalik ham özgarmaydi.
9to5google naşri yangi LG G6 telefonining suratlari va xususiyatlarini e'lon qildi. U turli fokus masofasiga ega ikkita kamera moduliga ega. Kameralar ostida smartfonni yoqiş tugmasi bölib, u barmoq izlarini ham skan qila oladi.
LG G6 ekrani noan'anaviy displeyga ega böladi. Uning burçaklari egik şaklda. Bundan taşqari, avval xabar berilganidek, displey tomonlari ölçami 18:9 nisbatda. Ammo, LG yangi mahsulotiga nima uçundir yangi Snapdragon 835 emas, ötgan yilgi Snapdragon 821 protsessorini qöyişga qaror qilgan.

9to5google manbasi, şuningdek, LG G6 telefonining ayrim xususiyatlarini tasdiqlagan:
Ekran: 5,7-dyuym;
Protsessor: Snapdragon 821 — 2,4 GGts çastotali 4ta yadro;
Xotira: 4 Gb operativ va 32 Gb içki;
Akkumulyator: 3200 mAs.












