Xitoyning TCL kompaniyasi MWC-2017 körgazmasida klaviaturali Android-smartfonni namoyiş qildi. Uşbu kompaniya BlackBerry nomi ostida telefonlar işlab çiqariş huquqiga ega. Telefon BlackBerry KeyOne deb nomlanadi va 549 AQŞ dollariga yaqin turadi, deb yozadi Business Insider.

Qurilmaga joylaştirilgan klaviatura öziga xos sensorlik vazifasini ham bajaradi. Masalan, kaftingizni klaviatura uzra yon tomonga harakatlantiriş bilan suratlarni ötkaziş mumkin. Probelga barmoq izining skaneri joylaştirilgan. Bundan taşqari, har bir tugmaçaga ma'lum bir ilovani biriktirsa böladi. Jumladan, «S» harfi uzoq bosilsa, Snapchat ilovasi işga tuşadi. 

Smartfon 4,5-dyuymli, 1620*1080 pikselli ekranga ega. Business Insider naşrining yozişiça, bu zamonaviy smartfonlar bozoridagi eng kiçik ekranlardan biridir. 

KeyOne örta darajadagi Qualcomm Snapdragon 625 protsessoridaa işlaydi. Biroq, 3500 mA/soatlik batareya uning ança uzoq vaqt işlaşini ta'minlaşi kerak. Smartfonga, şuningdek, 3 Gb operativ, 32 Gb içki xotira örnatilgan, bunda içki xotirani microSD yordamida 2 Tbga yetkaziş mumkin. Asosiy kamera 12, old kamera 8 megapikselli. 

Yangi telefon Android 7.1 Nougat dasturiy ta'minotida işlaydi. Unga BlackBerry ilovalari, misol uçun BlackBerry Messenger ham örnatiladi. 

TCL BlackBerry KeyOne telefonini şu yil apreldan sotuvga çiqarişni rejalaştirmoqda.