YeI yevro hududini mustahkamlab, yagona valyuta ittifoqini muhofaza qilişi kerak, degan fikrni ilgari surmoqda Germaniya kansleri Angela Merkel. U Myunxen xavfsizlik konferensiyasida şunday bayonot bergan. "Biz umumiy valyutamizni mustahkamlaşimiz kerak", - degan Merkel va YeI "allaqaçon ikkita moliyaviy inqirozni boşidan keçirgani"ni xotirlagan.

Uning aytişiça, Yevropaning yagona puli çiqarilayotganida inqirozlarni hal etiş mexanizmlari işlab çiqarilmagan. Angela Merkelning konferensiyada aytişiça, Germaniya Yevropa Markaziy bankining siyosatiga aralaşmayapti. 

"YeMB mustaqil siyosat yuritadi, u Germaniyadan boşqarilmaydi. Bu yevrohudud mamlakatlari uçun umumiy qoidadir", - degan Merkel. 

GFR kansleri, şuningdek, xavfsizlik masalalariga ham töxtalib, mamlakat YaIM (yalpi içki mahsulot)ning 2 foizini mudofaa sohasiga yönaltiriş böyiça majburiyatini ado etiş borasida çoralar körayotganini aytdi. 

Merkelning uqdirişiça, "NATO a'zo davlatlarning qöşma manfaatlariga javob beradi". 

GFR yetakçisi öz ma'ruzasida YeI migratsiya oqimlaridan öz çegaralarini himoya qilişga şay bölmaganiga e'tibor qaratib, xalqaro hamjamiyat tinçlikparvar Islom dini bilan terrorizm örtasida çegarani aniqlab oliş zarurligini qayd etdi.