Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri 62-Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etdi
Baxtiyor Saidov Gruziya, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, AQSh, YeI davlatlari va boshqa mamlakatlardan kelgan hamkasblari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Foto: TIV
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etdi.

“62-Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etdik. Dunyoning turli mintaqalari vakillari xavfsizlik siyosatidagi asosiy masalalarni muhokama qilish uchun bu yerga yig‘ilishdi.
Bugungi kunda Markaziy Osiyo bir mintaqadagi davlatlar umumiy farovonlik yo‘lida o‘z masalalarini tinch yo‘l bilan hal eta olishi, yangi yuzaga kelayotgan tahdidlarga qarshi birlashib, yanada kuchli bo‘lishi mumkinligining yorqin namunasiga aylandi.

Konferensiya davomida ikki tomonlama, mintaqaviy va global miqyosdagi ko‘plab dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish imkoniga ega bo‘ldik. Gruziya, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, AQSh, Yevropa Ittifoqi davlatlari va boshqa mamlakatlardan kelgan hamkasblarimiz bilan uchrashishdan mamnun bo‘ldik. Erishilgan yutuqlarni ko‘rib chiqdik hamda yangi istiqbolli maqsadlarni belgilab oldik”, – deb yozdi u o‘zining telegram-kanalida.
Mavzuga oid
10:23 / 04.03.2026
O‘zbekiston va Eron TIV rahbarlari telefon orqali vaziyatni muhokama qildi
19:34 / 01.03.2026
Baxtiyor Saidov Fors ko‘rfazi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot qildi
21:59 / 28.02.2026
Baxtiyor Saidov Afg‘oniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot o‘tkazdi
09:20 / 28.02.2026