2017 yil 16-17 fevral kunlari Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toşkent şahar Kengaşi tomonidan Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni yanada rivojlantiriş va liberallaştiriş” deb nomlangan uçinçi yönalişida körsatilgan çora-tadbirlar yuzasidan “Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirişning dolzarb vazifalari” mavzuida amaliy tadbirlar ötkazildi. Bu haqda ÖzLiDeP Toşkent şahar Kengaşi Matbuot xizmati Kun.uz`ga xabar berdi.
Tadbirning birinçi kunida partiyaning Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi fraksiyasi, Toşkent şahar Kengaşidagi partiya deputatlik guruhi a'zolari, partiya faollari Sergeli, Yunusobod, Yakkasaroy tumanlaridagi kiçik sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan import örnini bosuvçi, eksportbop mahsulotlar işlab çiqaruvçi tadbirkorlik sub'yektlari bilan uçraşdilar. Unda asosiy e'tibor, Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalardan kelib çiqib, kiçik sanoat zonalari iştirokçilarining zaruriy muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulaniş holatini tanqidiy örganiş, investitsiyaviy loyihalarni amalga oşiriş, kiçik sanoat zonalari hududida yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oşirişda tijorat banklarining iştirokini kengaytiriş hamda ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarini örganiş va partiya fraksiyasi, deputatlik guruhlari orqali hal etiş masalalariga qaratildi.

—200 hildan ortiq dori-darmon mahsulotlarini işlab çiqarişga möljallangan yangi loyihamiz joriy yil oxirida işga tuşadi, - deydi loyiha ta'sisçisi Bahodir Ahadov. —Umumiy qiymati 14 mln. AQŞ dollarini taşkil etuvçi loyihamizni işga turişsak 300 dan ortiq yangi işçi örni yaratişga muvaffaq bölamiz. Qolaversa, bugungi kunda mahsulotlarimizni Rossiya va Qozoğiston Respublikalariga eksport qiliş böyiça şartnomalar imzolaş arafasidamiz.

Tadbirning ikkinçi kuni Adliya, Prokuratura, Soliq, Markaziy bank, Toşşahargaz va elektr tarmoqlari vakillari hamda partiya elektorati – tadbirkorlar iştirokida kiçik sanoat zonalarida örganilgan muammolar, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiriş bilan boğliq masalalarga yeçimini topişga qaratilgan oçiq muloqot ötkazildi.
Tadbirda Harakatlar strategiyasining iqtisodiyotni liberallaştiriş borasidagi vazifalariga alohida e'tibor qaratildi. Xususiy mulkni, moliya bozorini himoya qiliş, tadbirkorlikni rivojlantiriş hamda xorijiy investorlar uçun investitsiyaviy jozibadorlikni oşiriş, eksportga möljallangan mahsulot va materiallar işlab çiqariş uçun zamonaviy texnologiyalarni, bank faoliyatini tartibga solişning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etişni qamrab oladigan kompleksli vazifalar körib çiqildi. Umumiy qiymati 40 milliard AQŞ dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvçi tarmoq dasturlarini röyobga çiqariş ustidan samarali deputatlik nazoratini taşkil etiş muhim ahamiyat kasb etişi qayd etildi.












