Jahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum «C» guruhi 2-turi doirasida Qozoğistonning Astana Arlans jamoasi öz uyida Özbekistonning Uzbek Tigers jamoasiga qarşi bahs olib bordi.

Beşta jangdan iborat musobaqada qozoğistonlik boksçilar umumiy hisobda 4:1 hisobida ğalaba qozonişdi.

Avvaliga 52kg.gaça vazn toifasida Abrorjon Qodirov qozoğistonlik Öljas Sattiboyevga imkoniyatni boy berib qöydi. Beş raund yakunlariga köra, Sattiboyev 3:0 hisobida ğalaba qozondi.

Ikkinçi jangda 60kg.gaça vaznda Zakir Safiullin olimpiada öyinlari sovrindori Murodjon Ahmadaliyevni mağlub etdi — 3:0. Uçinçi jangda yana bir olimpiada öyinlari sovrindori Şahram Ğiyosov 69kg.gaça vazn toifasida Aslanbek Şimbergenovga qarşi ringga kötarildi. Dastlabki ikki raundi öz foydasiga hal qilgan Şahram keyingi raundlarni böş ötkazdi va yakunda 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

81kg.gaça vaznda esa Bektemir Meliqöziyev Nurdaulet Jarmanovga heç qanday imkoniyat qoldirmasdan ğalaba qozondi — 3:0. Biroq +91kg vaznda ringga çiqqan Bahodir Jalolov Kamişbek Kunkabayevga imkoniyatni boy berib qöydi. Yakuniy hisob 4:1, Astana Arlans foydasiga.