AQŞning SpaceX kompaniyasi Marsga ilk parvozni 2 yil keyinga, ya'ni 2020 yilga qoldirdi. Bu haqda kompaniya prezidenti Gvinn Şotvell ma'lum qildi, deb xabar bermoqda The Verge naşri.
"Biz 2018 yilni möljal qilgandik, biroq bizga köproq zaxiralar kerakligi hamda ekipaj va Falcon Heavy raketasini tayyorlaş dasturlariga köproq e'tibor qaratişimiz kerakligini his qildik", deb aytdi Şotvell. Uning aytişiça, yangi raketaning ilk parvozi 2017 yil yoziga möljallangan.
2016 yil aprelda SpaceX Qizil sayyoraga yuboriladigan ilk koinot kemasi Red Dragon’ni 2018 yilda bu sayyoraga jönatmoqçiligi ma'lum qilingandi. Şundan keyin Marsga har 26 oyda raketalar uçiriş rejalaştirilgan. Kompaniya rahbari Ilon Mask 2025 yilgaça Marsga birinçi insonni yuborişga va'da bergandi.
2016 yil 28 sentabrda Mask sayyoralararo transport tizimi ITS loyihasini taqdim qilgandi. Bu tizim Marsni egallaş uçun möljallangan. Taxmin qilinişiça, Qizil sayyorada töliq avtonom manzilgoh qurilib, u yerga yarim asrdan keyin millionga yaqin odam köçib ötadi.













