2012 yil 10 dekabrda Özbekiston Prezidentining PQ-1875 sonli “Çet tillarini örganiş tizimini yanada takomillaştiriş çora tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida qator hayrli tadbirlar qatorida ingliz tilini samarali örganişga möljallangan «Yetti ertak» kaşfiyot deb ataşga arzigulik loyihasi «Nihol» naşriyoti tomonidan Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetining Xorijiy filologiya fakulteti bilan hamkorlikda amalga oşirildi. Loyiha Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan umidli deb topildi. Uşbu loyiha mevasi bölgan haftaning har bir kuni uçun bir mö'jazgina ertakni ham özbek, rus va ingliz tilidagi variantlarini öqiş, har uç tilda mahoratli aktyorlar tomonidan ovozlaştirilgan variantlarini tinglaş imkonini beradi. Bu haqda Özbekiston Milliy Universiteti Xorijiy filologiya fakulteti dekani Iroda Jurayeva ma'lum qilmoqda.

Bu ertaklarning audio varianti loyihaning dastlabki bosqiçida diskda jamlangan bölib, bolalarga bu kitob har kun çet tilida bittadan ertak öqib, undagi har bir söz, jumlani tinglaş, ularni öz ona tilisidagi variant bilan soliştiriş, çet tilida talaffuz qilişni örganiş, umuman çet tilining barça könikmalariga butunlay moslaşiş imkoniyatini beradi. Loyihaning keyingi bosqiçlarida kitobning audiosini tinglaş uçun möljallangan sözlovçi elektron ruçka qurilmasi bilan ta'minlanişi közda tutilmoqda, bu borada Xitoyda tegişli taşkilot bilan kelişuvlar amalga oşirildi. Ğoya muallifi Tölqin Nurmuhammad bolalarning çet tilini tez va puxta örganişlari uçun mazkur ğoyani ilgari surib, ertaklarning ingliz tiliga öquv va metodik jihatdan samarali tarjima qilinişi uçun Özbekiston Respublikasi Prezidenti Stipendiyasi va “Özbekiston Belgisi” kökrak nişoni sovrindori bölgan Hafiza Allanazarovani jalb etdi.

Bu loyiha juda köp xususiyatlari bilan dunyoda birinçi marta amalga oşirilgan hisoblanadi:

1. Loyihada sehrgarlik, bolalar ongiga ijobiy ta'sir körsatmaydigan sevgi muhabbat va boşqa qator mavzulardan yiroq ertak qahramonlarining xatolaridan xulosa çiqariş, yaxşi xislatlaridan örnak olişni bolalar ongiga singdiruvçi ertaklar örin olgan.

2. Har haftalik ertaklar turkumi qaysidir xalq ertaklarini öz içiga oladi, bu esa bolalarimizga turli millatlarga bağrikeng bölib ösişida yordam beradi.

3. Kuniga 3 tilda bittadan möjaz va ahloqiy rivojlanişga ijobiy ta'sir körsatadigan ertaklarni tinglaş va öqiş bu tillarga kuniga uzluksiz könikma va bilimlarga ega böliş, ijobiy mavzudagi ertaklar bolalarimizning ongida ahloqni buzuvçi har xil yot ğoyalarga qarşi kunlik immunitet bilan ösişiga imkon beradi. Kitobning har sahifasida yod oliş uçun luğat sözlari ham mavjud.