SpaceX kompaniyasi o‘z saytida Dragon koinot yuk kemasining Xalqaro koinot stansiyasiga yuborilganini ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, kema ortilgan Falcon 9 raketa-tashuvchisi Florida shtatidagi Kanaveral burnidagi kosmodromdan uchirilgan.

Ta'kidlanishicha, parvoz uchun 2011 yildan beri bunday maqsadlarda ishlatilmagan 39A majmuasidan foydalanilgan.

Avvalroq raketa parvozi startga 13 soniya qolganda bekor qilingandi.