Bu Starship kemasining 14-sinov parvozidir, deb xabar berdi BBC. Avvalgilarning barçasi suborbital edi, yaʼni kema fazoga yetib borardi, ammo barqaror orbitaga çiqiş uçun yetarli tezlikka erişmasdi yoki u yerda yetarliça uzoq vaqt qolmasdi.

Uçirişdan keyingi dastlabki daqiqalarda hamma narsa reja böyiça ketdi. Starship kemasining yuqori poğonasi Super Heavy tezlatkiçidan ajraldi, tezlatkiç esa köp ötmay Meksika körfaziga muvaffaqiyatli qöndi.

Biroq, uçirilgandan 18 daqiqa ötgaç, dvigatellardan biri kutilmaganda öçib qoldi, bu esa jamoani kemani orbitaga olib çiqiş niyatidan voz keçişga majbur qilişi mumkin edi. Ammo bir neça daqiqadan söng SpaceX mutaxassislari vaziyatni qayta baholab, parvozni davom ettirişga ruxsat berganini maʼlum qildi.

1b737370-bb43-11f1-bd21-bdf910f2cec6.jpg
SpaceX

Meksikadagi kosmodromdan uçirilganidan söng yarim soat ham ötmay, Starship tarixda birinçi marta Yer orbitasiga çiqdi. Şundan söng u koinotga barça 26 ta Starlink V3 sunʼiy yöldoşini muvaffaqiyatli olib çiqdi.

Starship ön soatlik parvoz davomida Yer atrofida qariyb olti marta aylanib, sunʼiy yöldoşlarni orbitaga olib çiqişi, söngra Tinç okeaniga, Çili qirğoqlaridan ğarbga qönişi kutilmoqda.

Starship haqida nimalarni biliş kerak?

Starship - Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan kosmik kema va raketa taşuvçidir.

Mask Starship tizimning töliq qayta işlatilişi tufayli kosmik parvozlarda inqilob qilişiga işonadi.

SpaceX Starship kemasini «şu paytgaça yaratilgan eng kuçli raketa taşuvçi» deb ataydi. Kelajakda u odamlar va yuklarni «Yer orbitasiga, Oyga, Marsga va undan uzoqqa» yetkazişi kerak.

Tizim ikkita asosiy qismdan - Starship kosmik kemasi va Super Heavy tezlatkiçidan iborat. Qurilmaning umumiy balandligi 124 metr, diametri 9 metrni taşkil etadi.

Starship kemasining yuk kötariş qobiliyati, yaʼni raketa taşuvçining belgilangan orbitaga olib çiqa oladigan maksimal yuk massasi 100 tonnadan oşadi.

Uzoq muddatli istiqbolda SpaceX Starship kemasidan «uzoq muddatli sayyoralararo parvozlar» vaqtida 100 kişigaça odam taşiş uçun foydalanişni rejalaştirmoqda.