SpaceX kompaniyasiga tegişli Falcon 9 raketa-taşuvçisining işlatib bölingan yuqori bosqiçi kutilganidek Oyga tuşdi. Hodisa 5-avgust kuni Yevropa Janubiy observatoriyasi (ESO) tomonidan Çilida joylaşgan Very Large Telescope (VLT) teleskopi orqali qayd etildi. Mutaxassislar spektral tahlil orqali töqnaşuv sodir bölganini tasdiqladi.
Bundan avval AQŞning Milliy aeronavtika va kosmik fazoni tadqiq qiliş boşqarmasi (NASA) zarba berilgan hududni suratga olişini ma’lum qilgan edi. Biroq tasvirlarni Yerga uzatiş bir neça kun davom etişi mumkin.
NASA hisob-kitoblariga köra, raketa bölagining Oyga urilişi natijasida diametri taxminan 18 metr, çuqurligi esa qariyb 4 metr bölgan krater hosil bölişi kutilmoqda. Zarba Oyning Eynşteyn va Bell kraterlari yaqinida sodir bölgani taxmin qilinmoqda.
Ma’lum qilinişiça, Falcon 9 raketa-taşuvçisi 2025-yil 15-yanvarda uçirilib, Blue Ghost 1 qöniş modulini muvaffaqiyatli ravişda Oyga yönaltirgan. Raketaning birinçi bosqiçi Yerga qaytgan bölsa, yuqori bosqiçi oçiq kosmosda qolib ketgan.
SpaceX vakili Julianna Şaymanning tuşuntirişiça, Quyoş faolligi hamda gravitatsiya ta’sirining birgalikdagi omillari sababli raketa bölagi hisoblangan trayektoriyadan oğib ketgan va rejalaştirilmagan holda Oy tomon harakatlangan.
Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, mazkur hodisa Yer aholisi uçun heç qanday xavf tuğdirmagan. Biroq u kosmik çiqindilar bilan boğliq muammoni yana bir bor kun tartibiga olib çiqdi.
Yevropa kosmik agentligi (ESA) ma’lumotlariga köra, hozirda Yer atrofi orbitasida 46 mingdan ortiq kosmik çiqindi ob’yekti mavjud bölib, ularning umumiy oğirligi taxminan 17 ming tonnani taşkil etadi.









