Eron Taşqi işlar vaziri Javod Zarifning ma'lum qilişiça, yadroviy dastur böyiça kelişuvga erişiş maqsadidagi muzokaralar oğir oqibatlarga olib kelişi mumkin. Bu haqda NBC xabarida aytilgan.

«Bu köp tomonlama kelişuv, köp tomonlama kelişuv esa muhokama qilinmasligi kerak, yöqsa, bunday muzokaralar «Pandora qutisi» (Pandora haqidagi qadimgi grek afsonasida baxtsizliklar qutisi - tahr.) oçilib ketişiga sabab böladi», — degan u.

U şuningdek, Eron rahbariyati AQŞning yangi ma'muriyati bilan ziddiyatga kirişmoqçi emasligini, aql va mulohazakorlik tantana qilişiga işonişini qayd etgan.

Bundan oldinroq, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning örinbosari Sergey Ryabkov ham Eronning yadroviy dasturi haqidagi kelişuvni qaytadan körib çiqişga uriniş «Pandora qutisi»ning oçilişiga sabab bölişi haqida gapirgandi.