Eron özining «tez rivojlanayotgan» yadroviy dasturi böyiça AQŞ bilan töğridan töğri muzokaralar ötkazişdan boş tortdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Mas’ud Pizişkiyon ma’lum qildi.

Tehron şu orqali AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan mamlakat oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiyga yöllangan maktubga birinçi marta rasmiy javob qaytardi. Axios’ning öz manbalariga tayanib yozişiça, uşbu maktubda yangi yadroviy bitim tuziş böyiça ikki oylik muddat haqida söz boradi. Ammo muddat qaçondan boşlab hisoblanişi — aniq emas.

Pizişkiyonning sözlariga köra, Ömon orqali yetkazilgan maktubga berilgan javob Vaşington bilan bilvosita muzokaralar imkoniyatini oçiq qoldirgan. «Biz muzokaralardan qoçmaymiz. Hozirgaça bizni aynan va’dalarning buzilişi taşvişga solib kelgan. Ular [AQŞ] işonçga loyiq ekanliklarini isbotlaşlari kerak», — deydi Pizişkiyon.

Uning qöşimça qilişiça, Eron heç qaçon muzokaralardan qoçmagan va AQŞni oldingi majburiyatlarini bajarmaganlikda, jumladan, Trampning birinçi prezidentlik muddati davri — 2018 yilda yadroviy kelişuvdan çiqişda aybladi.

Eronning yadroviy dasturini çeklaşni nazarda tutgan bitim 2015 yilda bir qator davlatlar – AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Rossiya va Xitoy tomonidan imzolanib, BMT Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan edi. 2018 yilda Tramp Eronning yadroviy dasturi böyiça olingan razvedka ma’lumotlariga asoslanib, AQŞni bitimdan bir tomonlama ravişda çiqargan. Şundan beri Tehron va Vaşington örtasidagi bilvosita muzokaralar natijasiz qolmoqda.

Jo Bayden davrida Eronning yadroviy dasturi sezilarli darajada oldinga siljigan. 2023 yil dekabr oyi oxirida Xalqaro atom energiyasi agentligi Eron 60 foizgaça boyitilgan uran işlab çiqariş sur’atlarini oşirgani haqida xabar bergandi (yadroviy qurol işlab çiqariş uçun 90 foiz va undan yuqori boyitilgan uran talab etiladi). Şu bilan birga, Eron öziga qarşi joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilişga intilmoqda va şu maqsadda yaqinda, Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan yadroviy dasturini muhokama qilişni qayta boşlagan.