Samarqand şahridagi «Samarqand» temir yöl vokzalining diqqatga sazovor jihatlaridan biri vokzal hududiga örnatilgan kurant hisoblanadi. U şaharning yana bir öziga xos timsoliga aylandi, deb yozmoqda 24post.uz.
«Samarqand» vokzali rahbari Aziz Tursunovning sözlariga köra, 2016 yilda uşbu xronometr yangilangan bölib, uning texnik xususiyati ham yaxşilangan.

«Endilikda şahar keluvçi va ketuvçi yölovçilar keça yoki kunduzi bölsin neonli siferblatlarga ega kurantdan soatlarini töğrilab olişadi», — degan Tursunov.
Uning sözlariga köra, yölovçilarning talablaridan kelib çiqqan holda vokzal hududida Wi-Fi tarmoği işga tuşirilgan.
Rasmiy ma'lumotlarga binoan, har kuni 1500-2000 kişi vokzal xizmatidan foydalanadi. Uşbu temir yöl vokzalidan halqaro va respublika miqyosidagi tezyurar va öta yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezdlar qatnovi amalga oşiriladi.











