Yevropaning HSBC Holdings bankining 2016 yildagi sof daromadi 4,4 marta pasayib, 3,45 mlrd dollarni taşkil etgan. 2015 yilda bu körsatkiç 15,1 mlrd dollarni taşkil etgan. Bank amaliyotidan tuşgan foyda 3,4 martaga kamayib, u ham raqamlarda 3,45 mlrd dollardan iborat bölgan.
HSBC boş direktori Styuart Gulliverning bayonot berişiça, körsatkiçlarning pasayişiga 2016 yilda röy bergan «qator yirik hodisalar» sababdir. Xususan, Yevropadagi Global Private Banking bölimi qarzlaridan voz keçilişi, Braziliyadagi biznesni sotişdan körilgan zarar, HSBC biznesini strategiyaga moslaştiriş böyiça xarajatlar şular jumlasiga kiradi. Hisobotda, şuningdek, joriy yilda jahon iqtisodiyotiga xavf solayotgan tahdidlar haqida söz yuritilgan.
Bank hisobotida Yevropa borasida şunday deyiladi:
«Yevropa davlatlari siyosiy keskinlik kuçayişiga duç keladi, ular migratsiya, terrorizm hamda Rossiya bilan munosabatlar keskinlaşuvining kuçayişiga doir xavotirlarga uçraydi. Bundan taşqari, Buyuk Britaniya va YeI örtasidagi bölğusi munosabatlarning noaniqligi ham salbiy omil bölib xizmat qiladi. 2017 yildagi Germaniya, Fransiya, Niderlandiya va katta ehtimol bilan Italiyadagi saylovlar noaniqlikni kuçaytiradi».
Uşbu hisobot e'lon qilinganidan söng, bank aksiyalari narxi 1 foizga qimmatlaşgan.












