Jahon | 00:27 / 21.02.2017
8532
1 daqiqa o‘qiladi

Qat'iy aksilrossiya pozitsiyasi vakili marhum Churkinni diplomatiya maestrosi deb atadi

Foto: AFP 2017/ Timothy A. Clary

AQShning BMTdagi sobiq vakili Samanta Pauer rossiyalik marhum Vitaliy Churkinni diplomatiya sohasi maestrosi deb atadi. U o‘zining Twitter'dagi sahifasida ana shunday ma'lumot bilan bo‘lishdi.

"Men Rossiyaning BMTdagi elchisi Vitaliy Churkinning o‘limidan qayg‘udaman. U diplomatiya sohasi maestrosi va AQSh hamda RF munosabatlaridagi to‘siqlarni yengib o‘tish uchun imkon qadar harakat qilgan juda fidoyi inson edi", - deb yozdi Pauer. 

Samanta Pauer sobiq prezident Barak Obama ma'muriyatining boshqa a'zolari kabi o‘zining qat'iy aksilrossiya pozitsiyasi bilan tanilgan.

Churkin dushanba kuni Nyu-Yorkda, 65 yoshga to‘lishiga bir kun qolganda vafot etdi. U 2006 yilning 8 aprelidan Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili lavozimini egallab kelgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid