23 iyun kuni “Andijon polkasi” Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi: viloyat markaziy stadionida 20 ming odam bir vaqtda raqsga tuşdi.
Raqsga tuşganlar orasida Asaka tumanidagi 14-maktabning 8-sinf öquvçisi, 15 yoşli Farrux Ne’matov ham bor edi.
U öşa kuni tadbirdan qaytişda özi öqiydigan maktab direktori boşqaruvidagi Damas'da avtohalokatga uçrab, şifoxonada vafot etdi.
Tafsilotlar – Kun.uz muxbiri reportajida.
Suriştiruvdan ma’lum bölişiça, “Andijon polkasi”ni Ginnes rekordlar kitobiga kirişi uçun stadionda katta tadbir uyuştirilgan va bunga maktab öquvçilari jalb qilingan. 23 iyun kuni boşqa maktablar qatori Asaka tumanidagi 14-maktabning öquvçilari ham tadbirda qatnaşgan.
Öşa kuni YTH oqibatida vafot etgan 8-sinf öquvçisi Ne’matov Farrux ham maxsus avtobuslarda stadionga borgan. Tadbir tugagaç u 5 nafar sinfdoşlari bilan maktab direktorining “Damas” avtomaşinasiga ötirib uyga qaytayotgan bölgan.
Maktab öquvçilari mingan maşina asosiy yöldan kelib çapga qayrilmoqçi bölgan paytda qarama qarşi tomondan kelayotgan “ZIL” yuk maşinasi “Damas”ning orqasiga kelib urilgan. Oqibatda “Damas” ağdarilib ketgan.

“Soğlom öğlimni öldirib berişdi”...
“Bir kun avval öğlimning sinf rahbari telefon qilib ertaga “Andijon polkasi” tadbiriga Farruxni jönating iltimos deb qayta-qayta tayinladi. Xöp dedim. 15 yoşga kirib pul topadigan bölib qolgandi öğlim. Çiroyli qilib kiyintirib maktabiga jönatdik. Çorsilarni beliga tugib xursand bölib dösti bilan uydan çiqib ketdi.
Bir payt qöşnim yugurib kirdi. Durdonaxon, bolalarimiz “avariyaga” uçrabdi, qolgan bolalar yaxşi ekan, bitta sizning bolangizni boşi yorilibdi, tikişyapti ekan dedi. Viloyat şifoxonasiga qarab ketdik. Farruxbek beş-olti soatda çiqdi operatsiyadan. Amaliyot juda uzoq çözildi.

Öqituvçilarning özi qon berdi öğlimga. Içki a’zolari majaqlanib ketgan ekan. Öziga kelmadi öşa kuni keçasi bilan ham. Ertasi kuni 24 iyunda joni uzildi-da bolamni. Farruxbek öğlim katta farzandim edi. Uydan soppa-soğ çiqib ketgan edi.
Aslida tadbirni taşkillagan taşkilotlar, hokimiyat öquvçilarni maxsus avtobusda olib borib, olib kelib qöyişlari kerak edi. Özboşimçalik bilan avtobusga çiqmay “Damas”ga çiqqan deb, endi aybni öğlimga ağdarib qöyişyapti. Aybdorlar qonun oldida javob bersin. Guldek öğlimdan ayrildim”, deydi marhum Farrux Ne’matovning onasi Durdona Qosimova.

Avtobus ketib qolgaç, direktorning “Damas”iga çiqişgan ekan...
“Jiyanim döstlari bilan tadbirga avtobusda borgan. Tadbirdan keyin bolalar ust-boşlarini almaştirib çiqquniça, avtobus ketib qolgan ekan. Köçada qolgan bolalar bizni olib ketinglar deb, domlasiga telefon qilgan. Şundan keyin maktab direktori özining “Damas” maşinasida bolalarni olib ketayotgan bölgan. Çorrahaga yetganlarida baxtsiz hodisa sodir bölganda.

Jiyanim Muhammadrizo Qambarovning holati oğir edi, endi hozir “operatsiyadan” keyin ança öziga kelib qoldi. “Damas”da 2011 yilda tuğilgan 6 nafar sinfdoş döstlar bölgan”, deydi YTH oqibatida şifoxonaga tuşib qolgan Muhammadrizo Qambarovning toğasi Oybek Ibragimov.

2 öquvçi şifoxonada, qolganiga ruxsat berdik...
“23 iyun kuni Andijon-Asaka avtomobil yölida yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga olti nafar jabrlangan öquvçi olib kelindi. Olti nafardan biri öta oğir holatda kelgan. Ertasi kuni öşa oğir bemor vafot etgan. Qolgan beş nafar bemor turli jarohatlar bilan davolangan. Ulardan uç nafariga holati yaxşilanganidan keyin uyiga ruxsat berildi. Hozirda ikki nafari şifoxonada davolanyapti” – Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali direktori örinbosari Abdumutalib Akbaraliyev.


Kun.uz muxbiri bölib ötgan voqea böyiça tegişli idoralardan izoh olmoqçi böldi. Ammo biror bir taşkilot xodimi holatga munosabat bildirişni istamadi.
Ayni paytda YTH yuzasidan Asaka tumani IIB tomonidan suriştiruv işlari olib borilyapti.
Ma’lumot örnida, 24 iyun kuni Andijon viloyati markazidagi stadionda «Andijon polkasi» raqsiga tuşiş orqali rekord örnatildi.











