NASA astrobiologiya instituti mutaxassislari ulkan kristallar içida qolib ketgan tirik organizmlarni aniqlaşdi. Bu esa boşqa sayyoralar yoki ularning yöldoşlarida hayot mavjud bölişiga umid uyğotadi, deb yozmoqda The Telegraph naşri.
Institut rahbari Penelopa Boston boşçiligidagi olimlar jamoasi Meksikaning Çiuaua ştatidagi Nayka şahri yaqinida joylaşgan ğorlardagi selenitning ulkan kristallarini tadqiq qilişdi. Ular magmatik çöntak ustida joylaşgan bölib, bu yerda harorat Tselsiy böyiça 60 gradusni taşkil qiladi. Ğorda kislorod miqdori juda past, namlik darajasi va işqorlik juda yuqori.
Kristallar içida viruslar, arxeylar va bakteriyalarning 100 dan köproq ştammlari aniqlangan.
Ular geolatent holatda – yaşaşga qobil bölganlar, biroq heç qanday faollik namoyon qilmaganlar. Aytiş joizki, ğordagi eng katta kristall vazni 55 tonna, uzunligi 11 metr va eni 4 metrni taşkil qiladi.



Olimlar topilgan hayot şakllarini fanga ma'lum namunalar bilan taqqoslab, ular orasida farq 10 foiz ekanligi haqida xulosaga kelişdi. Selenit kristallari içida qolib ketgan tirik organizmlar şunday holatda 60 ming yilgaça bölganlar.
Mutaxassislar bakteriya, virus va arxeylar tirik qoliş uçun mis oksidi, marganets, sulfidlar va temirdan foydalanganini aniqlaşdi. Bu moddalarni qayta işlaş ularni energiya bilan ta'minlagan.
Mutaxassislarning aytişiça, Saturn va Yupiterning muz oylarida, Yevropa (Yupiter yöldoşi), Mars yöldoşlarida hamda koinotning qolgan qismlarida bunday şaroitlar mavjud bölişi mumkin. Şu sababli, u yerlarda bunday antiqa hayot şakllari mavjud bölişi mumkin.










