Pokiston ötgan haftada Sahvon-Şarif şahridagi yirik teraktdan keyin boşlangan aksilterrorçilik kampaniyasi doirasida Afğoniston bilan çegarasiga oğir artilleriyani joylaştira boşladi. Bu haqda Pokistonning Express Tribune naşri xabar bermoqda. 

16 fevralda Sahvon-Şarifda sufiy faylasuf va şoir La'l Şahboz Qalandar maqbarasi joylaşgan majmua hududida portlaş sodir etilgandi. Uşbu hujum uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga olgan.  

Pokistonda bir haftadan kamroq vaqt içida ikkinçi yirik terakt bölgan uşbu hujumdan keyin Pokiston armiyasi mamlakatdagi oxirgi bir qator teraktlar Afğoniston hududidagi "duşman kuçlari" buyruği bilan amalga oşirilganini va Islomobod javob çoralari körişini aytgan. Mamlakatning turli qismlarida aksilterrorçilik operatsiyalari ötkazilmoqda, jumladan Afğoniston bilan çegara hududlarida 100 dan köproq jangari yöq qilingan, 250 ga yaqini qölga olingan.

Naşr ma'lumotlariga köra, artilleriya Torxam va Çaman okruglarida çegaralarga joylaştirilgan. Harbiylarning çegarada joylaşuvining kuçaytirilişidan maqsad çegarani noqonuniy kesib ötişning oldini oliş aytilmoqda va harbiylar bunga barça kuçlar bilan javob berişga va'da berganlar. Bundan taşqari, çegara oldi hududlari nazorati kuçaytirilgan.   

20 fevralda Pokiston armiyasi rasmiy vakili general-mayor Asif Ğofur armiya boş qarorgohida yuqori lavozimdagi zobitlar yiğilişi ötgani va unda Pokiston va Afğonistonning aksilterrorçilik sa'y-harakatlarini muvofiqlaştiriş masalasi muhokama qilinganini ma'lum qildi.