Stokholmning köplab muhojirlar yaşaydigan Rinkebyu mikrotumanida 20 fevral keçki vaqt noma'lum kimsalar mahalliy dökonlarni tunaş va maşinalarga öt qöyiş bilan tartibsizliklar uyuştirdilar.
"Tartibsizliklar soat 22.20 da boşlandi, tumanda tungi vaqt 7-8 avtomobil yoqib yuborilgan. Politsiya tartib va xavfsizlikni tiklaş ustida işlamoqda. Afsuski, tumanda dökonlarni tunaş holatlari yuz bergan. Öğirliklar kölami hozirça örnatilmagan", deb aytildi şahar politsiyasi bayonotida.
Xabarda ma'lum qilinişiça, tartibsizliklardan avvalroq mikrotumanga politsiya xodimlari taşrif buyurib, qidiruvda bölgan odamlardan birini qölga oliş vaqtida, jinoyatçi ularga toş uloqtira boşlagan.
"Şu sababli patrul ogohlantiruvçi öq uzişga majbur bölgan. Uloqtirilgan toşlardan biri politsiyaçilardan birining qöliga tekkan. Uning jarohati oğirligi hozirça aniqlanmagan", deyiladi xabarda.
Şvetsiyaning SVT televideniyesi ma'lum qilişiça, tartibsizliklar iştirokçilari hozirça aniqlanmagan.
"Tartibsizliklarda 40-50 odam iştirok etgan. Ulardan ba'zilari qoçib ketgan. Ularning aniq sonini aniqlaş murakkab bölyapti", deb aytdi politsiya vakili.
Politsiya yarim tundan keyin tumanda tartib örnatilgani va ikki kişi döpposlaş oqibatida jarohat olganini ma'lum qilgan. Ulardan biri dökonlardan birining egasi bölgan. Jabrlanganlarning ikkisi ham şifoxonaga özlari mustaqil yetib olganlar.












