Yaponiyadagi Okinava prefekturasida joylaşgan Naxa şahri sudi davlatga uylari AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining Kadena aviabazasi yaqinida joylaşgan odamlarga şovqin uçun 30 mlrd iyen (264 mln dollar) miqdorida tovon puli tölaş majburiyatini qöydi, deb xabar bermoqda NHK telekanali. 

Jamoaviy da'vo arizasi 22 mingdan köproq odam tomonidan berilgan. Da'vo qiluvçilarning fikriça, AQŞ harbiy samolyotlari parvozlari vaqtida solinadigan şovqin ularning normal hayot keçirişlariga xalaqit qilmoqda va ruhiyatlariga zarar yetkazmoqda.

Şu bilan birga sud aholining bu hududda AQŞ harbiy-havo kuçlarining samolyotlari va MV-22 Osprey konvertoplanlari parvozlarini taqiqlaş haqidagi talablarini rad etdi. 

2016 yil dekabrda Okinavadagi oliy sud instansiyasi okrug sudining Ginovan şahridagi AQŞning Futemma harbiy bazasidagi samolyotlar şovqini uçun mahalliy aholiga tovon puli tölaş haqidagi qarorini qöllab-quvvatlagandi.  

Okinava Yaponiyaning 0,6 foiz qismini egallaydi, biroq bu yerda Yaponiyada joylaşgan barça AQŞ bazalarining 74 foiz maydoni joylaşgan.