Jorjiyalik erkak özining kiçik yoşli öğliga yoş buqaning yelkasiga çiqib olsa, 20 dollar berişni va'da qildi, bolakay esa buni amalga oşirdi, deb yozmoqda Daily Mirror.
Bolakayning otasi tomonidan suratga olingan rolik YouTube’da taqdim etildi. Unda bolakay buqaga asta-sekin, sezdirmay yaqinlaşib kelgani, söngra unga çiqib olganini köriş mumkin. Video muallifining tuşuntirişiça, öğliga pul va'da qilgan.
Rolikda bu bolakayning singlisi bölişi mumkin bölgan qizçaning ovozini ham eşitiş mumkin, u “bu xavfsiz emas”ligini ta'kidlagan. Ona ham qizining fikriga qöşildi, biroq heç kim bolakayni töxtatişga urinmadi.
U buqaning ustiga sakrayotganida hayvon çöçib, örnidan turib ketgan. Şundan keyingina ota-ona öz öğliga yordamga oşiqib, tasvirga oliş “jarayoni”ni töxtatişdi.
Bolakayning otasi Facebook’da öğli bilan hammasi joyida ekani va u va'da qilingan 20 dollarni olganini yozdi. "E'tiboringiz uçun, men aslida u buqaga sezdirmay borib, söng uning ustiga sakrab çiqişiga işonmagandim", - deya qöşimça qilib ötgan “mehribon” ota.












