Rossiya sudi Samara viloyati Sizran tumanida yaşovçi yuqori mansabdor politsiyaçi va uning oilasi qotilligi böyiça jazo hukmini çiqardi. Uşbu iş böyiça ötayotgan barça sudlanuvçilar – Mahmadali Ahmadov, Roman Fataliyev, Islom Boboyev va Orxan Zoxrabov aybdor deb topildilar. 

Jinoyatçilardan biri, tojikistonlik Mahmadali Ahmadov va Roman Fataliyev umrbod ozodlikdan mahrum qilindilar. Ularning hamtovoqlari Islom Boboyev 25 yilga, Oxran Zoxrabov 26 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Tergov ma'lumotlariga köra, sudlanuvçilar advokatlari bu hukm ustidan şikoyat qilmoqçilar.

Tergov versiyasiga köra, 2016 yil 24 aprelga ötar keçasi qotillar Samara viloyati Sizran tumanidagi Ivaşevka qişloğidagi uyga bostirib kirib, u yerda uy egasi – Rossiya içki işlar vazirligining Samara viloyati boş boşqarmasi boşliği örinbosari, polkovnik Andrey Goşt va uning oila a'zolarini (ota-onasi, rafiqasi, ukasining rafiqasi, qiz jiyani) öldirganlar va yana bir kiçik yoşli qizçani öldirmoqçi bölişgan.

Qotillar jinoyat quroli sifatida ikkita yoğoç töqmoq va bitadan foydalanişgan. Ular heç narsadan xabari yöq, uyquda bölgan qurbonlariga şu qurollar bilan zarbalar berişgan. Jinoyatçilar uydan 193 ming rubllik mulk bilan voqea joyidan ğoyib bölişgan, biroq huquq-tartibot muassasalari xodimlari tomonidan dastlabki 10 kun içida uşlanişgan. 

OAV ma'lumotlariga köra, tergov davomida barça ayblanuvçilar öz ayblarini qisman tan olganlar va jinoyat tafsilotlari haqida sözlab, tergov bilan hamkorlik qilganlar.

Jinoyatçilar ustidan sud jarayoni 2016 yil dekabrida boşlangan va hukm çiqaruvçilar iştirokida yopiq tartibda ötkazilgan. Hukm çiqaruvçilar barça sudlanuvçilarni aybdor deb topganlar, biroq Boboyev va Zoxrabovga yumşoqroq hukm çiqarişgan.

Goşt oilasi qotilligi işi böyiça jabrlanganlar sudlanuvçilardan umumiy hisobda 14 mln rubl undiriş haqida da'vo arizalari berganlar.

Uşbu jinoyatni tergov qilişga Rossiya tergov qömitasining eng tajribali 89 nafar tergovçisi va kriminalistlari jalb qilinganlar. 

Tergovning örnatişiça, 2016 yil aprelida Samara viloyati Şigon tumanida yaşovçi Axmadov va Fataliyev talon-tarojliklar amalga oşiriş uçun jinoiy guruh taşkil qilişgan va unga tanişlari – Sizranda yaşovçi Boboyev va Zoxrabovni jalb qilişgan. Ular qurbon Goştga tegişli uyni tasodifan tanlaşgan va u yerda politsiyaçi yaşaşidan umuman bexabar bölişgan.