20 fevral kuni amalga oşirilişi kerak bölgan, ammo Somon Air aviakompaniyasi aybi bilan amalga oşmagan, 3 kun keçikib, bugun, 23 fevral kuni, soat 13:00da amalga oşirilişi aytilgan Duşanbe-Toşkent reysi yana qoldirilgan. Ayni vaqtda Somon Air aviakompaniyasi matbuot xizmati bunga izoh bermayapti.
Şuningdek, Duşanbe aeroportida ham bu reys amalga oşmayotganining sababini tuşuntirib bera olişmayapti.
«Reys bugungi jadvalda edi, biz bu reys yölovçilariga xizmat körsatişga tayyorlanayotgan edik. Ammo nima uçun reys qoldirilganini bilmaymiz», - deya Duşanbe aeroporti matubot xizmati kotibi Jamila Huseynovaning sözlarini keltirgan Asia-Plus.
Kelişuv faqat sözda edimi?
25 yildan buyon kutilayotgan ilk Duşanbe-Toşkent reysi 20 fevral kuni amalga oşirilişi lozim edi. Lekin Toşkent Xalqaro aeroporti Tojikiston aviakompaniyasiga parvozni amalga oşirişga ruxsat bermagandi. Bunga Duşanbe tomoni ba'zi hujjatlarni Toşkentga yubormagani sabab böldi. Şundan söng, Somon Air aviakompaniyasining uşbu holat uçun javobgar tijorat direktori Alişer Rustamov boşçiligidagi barça mas'ul şaxslar jazolandi va işdan böşatildi.
Ma'lum bölişiça, Toşkentga yuborilgan sörovda doimiy reyslar uçun emas, charter reyslar nazarda tutilgandi, qolaversa sörov yakşanba kuni, 19 fevralda, parvoz kuniga bir kun qolganida yuborilgan.
Bundan taşqari, Toşkentda hanuz Somon Air aviakompaniyasi vakolatxonasi oçilmagan, Özbekistonda çiptalar sotilişi yölga qöyilmagan.
Somon Air sukut saqlamoqda
Somon Air aviakompaniyasi aybdorligini tan oldi, ammo savollarga javob berilmadi.
«Somon Eyr» rahbariyatining vaziyat böyiça sinçkovlik bilan ötkazgan tekşiruvlaridan keyin aniqlandiki, hujjatlar paketi aviakompaniya tomonidan Özbekistonga öz vaqtida yuborilmagan. Bu vaziyat uçun javobgar bölgan barça şaxslar, xususan, tijorat işlari böyiça direktor Alişer Rustamov jazolandi va işdan çetlatildi.
Ayni vaqtda ikki aviakompaniya örtasida jarayonning texnik jihatlari hal qilinmoqda. Duşanbe - Toşkent - Duşanbe yönalişidagi parvozlar yaqin vaqtlar içida amalga oşirilişi kerak.
Aviakompaniya 20 fevral kuni Duşanbe - Toşkent reysi uçun çipta olgan yölovçilardan va Özbekistondagi hamkorlardan keltirilgan noqulaylik uçun uzr söraydi», deyilgan aviakompaniya press-relizida.












