Ispaniyaning «Sevilya» jamoasi Çempionlar ligasi 1/8 finali birinçi uçraşuvi doirasida APLning ötgan mavsumdagi çempioni «Lester Siti»ni mağlub etdi. Sevilyadagi «Ramon Sançes Pisxuan» öyingohida bölib ötgan uçraşuv 2:1 hisobida yakunlandi.
Öyinning 14-daqiqasida Ues Morgan töpni jarima maydonidan çiqarib yuborişga uringan vaqtda, töp örniga Xoakin Korrea oyoqlarini nişonga oldi. Natijada jabrlanuvçining özi 11 metrlik nuqtaga töpni joylaştirdi. Biroq, Kasper Şmeyxel töpni qaytardi. Öyinning ilk 30 daqiqasi poyoniga yetayotgan vaqtda Serxio Eskudero töpni çap qanotdan jarima maydoniga yetkazib berdi, Pablo Sarabiya boşi bilan bexato öynadi. Töp ustunga tegib darvoza töridan joy oldi.
62-daqiqada Stevan Yovetiç Morganni bir neça marta aldab, töpni yordamga yetib kelgan Korreaga ajoyib tarzda yetkazib berdi. Korrea penaltida yöl qöygan xatosini yangilamadi. Hisob mezbonlar foydasiga 2:0 köriniş oldi. Öyinning 74-daqiqasida qarşi hujumni amalga oşirayotgan Lester öyinçisi Deniyel Drinkuoter çap qanotda töpni qabul qilib olib, raqib jarima maydoniga yetkazib berdi. Bu yerda Jyeymi Vardi birinçi böldi va töpni darvozaga joylab qöydi.
Sevilya – Lester 2:1
Gollar: 1:0 – 25 Sarabiya, 2:0 – 62 Korrea, 2:1 – 73 Vardi.
Sevilya – Riko, Mariano, Rami, Langle (Karrisu, 55), Eskudero, Nzonzi, Nasri, Sarabiya, Korrea (Iborra, 63), Vitolo, Yovetiç.
Lester – Şmeyxel, Simpson, Morgan, Xut, Fuks, Ndidi, Drinkuoter, Musa (Grey, 58), Marez, Olbrayton (Amarti, 88), Vardi.
Ogohlantirişlar: Eskudero (77), Karrisu (90).












