Angliyaning «Satton» klubi zaxira darvozaboni Ueyn Şou Angliya Kubogining «Arsenal»ga qarşi uçraşuvi (0:2) paytida nima sababdan pirog yegani haqida gapirib berdi.

«Arsenal» muxlislari butun öyin davomida men haqimda kuylab ötirişdi. Ular «Hamma piroglarni kim yedi?», deb baqiraverişdi. Juda köp şunaqa hazillar böldi. Şunda men ham hazillaşişim mumkinligini öylab qoldim. Şunda men ham pirogning katta bölagini tişlab muxlislarga javob qaytardim. Bu çin köngildan amalga oşirilgandi.

Bu Kornuoll pirogi edi. Mazasi unçalik yomon emas. Aytişim mumkin bölsa, u jamoadagi faoliyatimdan boşqa heç qanday zarar keltirmadi», deya Şouning sözlarini keltiradi The Mirror.

Eslatib ötamiz, Angliya öyinlar komissiyasi totalizator qonunlarini buzganlikda şubha ostiga olingan 125 kilogramli darvozabon yuzasidan tekşiruvlarni boşlagandi.

Uçraşuvdan oldin bukmekerlik idoralaridan biri 8 ga 1 koeffitsiyentda Şou öyin vaqtida pirog yeyişiga stavka qöygani haqida ma'lum bölgan. Yakunda golkiper 83-daqiqaga kelib bu işni amalga oşirgandi.

Foto: «Arsenal»ga qarşi öyin vaqtida «Satton» darvozabonining qorni oçqab qoldi

«Satton»ning 125 kilogrammlik darvozaboni öyin vaqtida pirog yegani tufayli jiddiy jazolanişi mumkin

Ertakning qayğuli yakuni: «Satton» şirinlikxör darvozabonini işdan haydadi