«Satton Yunayted» jamoasi boş murabbiyi Pol Dosuell jamoaning 46 yoşli darvozaboni Ueyn Şou yuzaga kelgan mojaroli vaziyatdan keyin klubdan ketiş haqida ariza yozgan.
«Bu kişini juda ranjitadigan iş. Men ertalab uyğondim va u haqdagi köpdan-köp yomon xabarlarni eşitdim. Ueynning özi kunning ikkinçi yarmida klub rahbariyatidan özi bilan şartnomani bekor qilişni söragan. Bu taklif qabul qilingan. Bu bizning ajoyib ertagimizning qayğuli yakuni. Men qattiq ranjidim. Xöjayinlar ham xafa», - deya Dosuellning sözlarini keltirgan BBC.
Boşqa xabarlarda esa klub rahbariyati futbolçidan şartnomani bekor qilişni söragan. Bunga Angliya futbol assotsiatsiyasi uning bukmekerlik idoralari bilan mojarosi ortidan yuzaga keldi.
Bundan oldinroq assotsiatsiya Angliya Kubogining nimçorak finali doirasida ötkazilgan «Satton Yunayted» – «Arsenal» uçraşuvi davomida mezbonlar jamoasi darvozaboni Ueyn Şou zaxira örindiğida ötirgan holatda pirog yegani borasida tekşiruv boşlagani xabar qilindi. Ularning gumon qilişiça, bukmekerlik idoralarida uning öyin vaqtida ovqatlanişi uçun stavka qabul qilingandi. Futbolçining özi ham bu haqda xabardor bölgan bölişi mumkin.
«Satton»ning 125 kilogrammlik darvozaboni öyin vaqtida pirog yegani tufayli jiddiy jazolanişi mumkin












