2017 yil 22 fevralda Kun.uz saytida «Toşkentda 150dan ortiq bir asrlik daraxtlar noqonuniy ravişda kesib olib ketildi»nomli maqola çop etilgan edi. Unda akademik Mahmud Mirzayev nomidagi boğdorçilik, uzumçilik ilmiy-tadqiqot instituti (sobiq Şreder nomidagi ilmiy tadqiqot instituti) hududida bir oy içida 150 dan ortiq bir asrlik daraxtlar noqonuniy ravişda kesib olib çiqilgani xabar qilingan, maqola Nuz.uz saytiga asoslanilgan edi.

Kun.Uz tahririyati yuqoridagi maqoladagi faktlarni tekşiriş va voqeani xolis yoritiş hamda bir tomonlama xulosa çiqarmaslik maqsadida öz jurnalistik tekşiruvini ötkazişga qaror qildi. Şu munosabat bilan tahririyat xodimi Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi boğdorçilik, uzumçilik ilmiy-tadqiqot institutiga borib, bevosita institut rahbariyati, xususan, direktor Yöldoş Saimnazarov, moliya-iqtisod işlari böyiça direktor örinbosari Abduvohid Toşmurotov, işlab çiqariş va marketing bölimi boşliği Husan Ötaganov bilan uçraşib, vaziyatni örgandi, daraxtlarning kesilişiga doir hujjatlar bilan tanişdi. Kesilmagan daraxtlarning ahvolini közdan keçirdi.

Suhbatda institut direktori Y. Saimnazarovning taqdim etgan ma'lumotlariga köra, Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi boğdorçilik, uzumçilik ilmiy-tadqiqot instituti 2016 yil 8 fevralda 1/04-3-54 sonli maktub bilan Toşkent viloyati hokimi S.S. Abdullayevga hamda Özbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qiliş qömitasi Toşkent viloyati Tabiatni muhofaza qiliş boşqarmasiga murojaat qilgan. Unda Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi boğdorçilik, uzumçilik ilmiy-tadqiqot instituti hududidagi bir neça yillar avval ekilgan daraxtlarning aksariyati avariya holatiga kelib qolgani, ayrimlari töliq qurib qolgani, yon va tepa şoxlarining qurib qolgani sababli qattiq şamol vaqtida institut xodimlari va binosiga zarar yetkaziş ehtimoli mavjudligi aniqlangani ta'kidlanadi hamda uşbu daraxtlarni qonunçilikda belgilangan ravişda kesişga, yon şoxlari tarvaqaylab ketgan manzarali va mevali daraxtlarga şakl berişga ruxsat söraladi.
Uşbu murojaatga Özbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qiliş qömitasi Toşkent viloyati Tabiatni muhofaza qiliş boşqarmasi rahbari v.b. A. Xolmurodov imzosi bilan 2016 yil 18 fevraldagi 01/07-320 sonli javob maktubida institut hududida 66 tup turli xil kasallangan va qurib qolgan, şuningdek, avariya holatidagi, binoning poydevor va tom qismiga, şuningdek institut xodimlari soğliğiga jiddiy zarar yetkazişi mumkin bölgan 3 tup çinor daraxtlarni kesişga ruxsat berilgan. A. Xolmurodov Viloyat tabiatni muhofaza qiliş boşqarmasining xulosasiga Özbekiston Ösimliklarni himoya qiliş ilmiy-tadqiqot instituti vakillari iştirokida tuzilgan 2016 yil 19 fevraldagi 07-3/79 raqamli yakuniy xulosasi asos qilib olingan.Mazkur xulosaga muvofiq, institut hududidagi 69 tup daraxtdan 58tasi kesilgan.














