Google egasi hisoblanuvçi Alphabet Inc. kompaniyasi haydovçisiz avtomobillarda işlatiladigan lidar – lazer lokator texnologiyasini öğirlaş ayblovi bilan Uber taksi xizmati ustidan sudga da'vo arizasi berdi. 

Ma'lum qilinişiça,  Alphabet Inc. haydovçisiz avtomobillar uçun texnologiyalar yaratişga ixtisoslaşgan Waymo kompaniyasini yaratgan. Bu kompaniya Uber va Google’ning sobiq muhandislarini lidar tizimini öğirlaşda ayblamoqda.

"Fikrimizça, bu xatti-harakatlar Waymo’ning tijoriy sirlari va intellektual mulkini qölga kiritiş uçun aniq reja bölgan", deb aytildi Google’da.

Taxmin qilinişiça, Google’ning sobiq xodimi Entoni Levandovski kompaniyani tark etişdan avval Waymo işlanmalari, jumladan lidar sxemalariga ega 14 mingta maxfiy faylni öğirlagan va söngra ulardan Uber’da oçgan özining şaxsiy startapida foydalanişni boşlagan.