«Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasining Kun.uzga ma'lum qilişiça, Somon Air aviakompaniyasining Duşanbe-Toşkent yönalişi böyiça parvozlari aniq amalga oşiriladi. Buning uçun qonunda belgilangan tartibda ayrim jihatlarga oydinlik kiritib oliş zarur. Xususan, xorijiy aviakompaniyalarning Özbekiston Respublikasiga doimiy parvozlari Özbekiston davlat aviatsiya nazorati tomonidan 2008 yil 25 fevralda tasdiqlangan 33-sonli «Xorijiy aviakompaniyalarning Özbekiston Respublikasiga doimiy aviaparvozlarni amalga oşirişi böyiça körsatmalar» asosida amalga oşiriladi. 

Mazkur körsatmalar asosida xorijiy aviakompaniya «Özbekiston havo yöllari» MAKga hujjatlar töplamini topşiradi. Biroq, u Özbekistonga doimiy parvozlarni amalga oşiriş rejalaştirilayotgan kundan kamida 30 kun avval topşirilişi lozim. 

Eslatib ötamiz, 2017 yil 10 fevralda «Özbekiston havo yöllari» MAK Direktsiyasida Somon Air MÇJ delegatsiyasi bilan uçraşuv bölib ötgan edi. Unda Tojikiston aviakompaniyasi tomonidan Özbekiston Respublikasiga doimiy parvozlarni amalga oşiriş böyiça hujjatlar töplami taqdim etilgandi. Bundan taşqari, Özbekiston va Tojikiston aviakompaniyalarining Toşkent va Duşanbe şaharlariga doimiy parvozlarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilingandi. 

Ayni vaqtda, Somon Air MÇJning Özbekistonga doimiy parvozlarni amalga oşiriş uçun ruxsatnoma beriş masalasi, uşbu kompaniya taqdim etgan hujjatlar asosida qonunda belgilangan tartibda körib çiqilmoqda. 

2017 yil 23 fevralda «Özbekiston havo yöllari» MAKda Somon Air aviakompaniyasining işonçli vakili Baxtiyor Alimurodov bilan uçraşuv bölib ötgan va unda Tojikiston aviakompaniyasining Duşanbe-Toşkent yönalişi böyiça parvozlarni amalga oşirişiga doir tuşuntirişlar berilgan. Şu bilan birga, xorijiy avikompaniyalarning Özbekiston Respublikasiga aviaparvozlarni amalga oşiriş tartiblariga oydinlik kiritilgan.

Milliy aviakompaniyaning Kun.uz bilan suhbatda bölgan vakili uşbu reys tez orada amalga oşirilişiga umid bildirdi.