BAAning Latviyadagi diplomatik vakolatxonasi yaqindagina, 9 fevralda işga tuşgandi, biroq u yerda darhol nizo yuzaga keldi. Bu haqida "Life" naşrida xabar berildi. 

Latviya TIV Arab Amirliklaridan musulmon urf-odatlari va BAAning Latviyadagi yangi elçisi Hanon Xalfan Obayda Ali al-Madaniyning diplomatik immunitetiga hurmatsizlik borasida norozilik maktubini oldi. Gap şundaki, diplomatdan Riga aeroportida hijobini yeçiş söralgan. 

Manbaga köra, elçi alohida xonada, faqat ayollar bölgan joyda şunday qilişga rozi böladi, biroq unga bunday imkoniyat berilmaydi. 

Dastlab Latviya TIV vakili Vita Dobele sodir bölgan voqea tafsilotlari örganilayotganini aytgan va Riga aeroportida tekşiruv işlari Yevropa qoidalariga köra olib borilişini ta'kidlagan. Arablar tomoni, öz navbatida, aeroport xizmatçilari "aftidan, diplomatiyaning nozik tomonlarini yaxşi tuşunmasliklari"ga işora qilgan. 

Riga xalqaro aeroporti xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan BAA elçisini tekşiruvdan ötkazişda qoidabuzarlikka yöl qöyilgani haqidagi ma'lumotni işonçsiz deb atadi. Aeroportning Xavfsizlik departamenti direktori Inta Smildzinya ana şunday bayonot bildirdi. 

"Elçidan şunçaki paltosini yeçiş söraldi. Tekşiruv ayol kişi tomonidan amalga oşirilayotgan edi", - dedi Smildzinya.

U elçiga an'anaviy musulmonlar libosi va boş kiyimini yeçiş talabi qöyilmaganini qöşimça qildi. Şuningdek tekşiruv jarayoni Yevroittifoq va havo kemasi talablariga töliq javob berganini ta'kidladi.