Fransiya prezidenti Fransua Olland amerikalik hamkasbi Donald Trampni Fransiyaga işonçsizlik bilan munosabatda bölmaslikka çaqirdi, deb xabar bermoqda Frans Press agentligi.
Tramp juma kungi çiqişlaridan birida beş yildan beri Parijga bormayotgan dösti Jim haqida eslab ötgan. U avval bu şaharga doimiy ravişda taşrif buyurgan, ammo uning sözlariga köra “Parij avvalgi Parij” emas.
"Döstona mamlakatga hattoki kiçik miqdordagi işonçsizlikni körsatiş ham – bu yaxşi emas... Bu men döstona mamlakatga nisbatan munosabatim emas, hamda AQŞ prezidentini Fransiyaga nisbatan bunday qilmaslikka çaqiraman", - deya Ollandning sözlarini keltiradi agentlik.
Avvalroq Amerika yetakçisining sözlariga Fransiya poytaxti hokimi Ann Idalgo ham öz munosabatini bildirgandi. U Mikki Maus va uning dösti Minni bilan birga suratga tuşib, tasvirni Twitter’dagi mikroblogiga joylaştirdi hamda bu orqali Trampning Parij özining turistik jozibadorligini yöqotgani haqidagi sözlarini rad etmoqçi böldi.
Idalgo mikroblogidagi Donald&Jim xeştegli boşqa xabarida 2017 yilning birinçi çoragida amerikalik sayyohlarning Parij mehmonxonalarida xonalarga buyurtma beriş böyiça murojaatlari bir yil avvalgi körsatkiç bilan taqqoslaganda 30 foizga oşganini qayd etgan.











