Turkiya hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi 25 fevraldan konstitutsiyaga özgartişlar kiritişga doir referendum oldidan tarğibot işlarini rasman boşlaydi. Şu munosabat bilan Anqaradagi sport arenasida anjuman bölib ötadi. Unda partiya rahbari Binali Yildirim 40 ming kişilik partiyadoşlari oldida çiqiş qiladi.

Yirik yiğilişga ATP vakillaridan taşqari 400 mahalliy va 30ta xorijiy jamoat taşkilotlari xodimlari ham taklif etilgan. Bundan taşqari, 130dan ortiq elçixonalarga ham taklifnomalar yuborilgan. 

Aslida, ta'kidlaş joizki, ATP va prezident Erdöğanning özi taşviqot kampaniyasini allaqaçon boşlab yuborgan. Bugun bölib ötadigan rasmiy anjumanni rasmiyatçilik uçun ötkazilayapti, deyiş töğri böladi. Konstitutsiyaga özgartiş kiritiş Erdöğan va ATPning asosiy içki siyosiy loyihasi hisoblanadi. Şunga köra, bu borada mağlubiyatga yöl qöyib bölmaydi. 

Umumxalq referendumi 16 aprelda bölib ötadi. Özgartişlarga köra, Turkiyada parlament boşqaruvini bekor qilib, prezidentlik boşqaruvini joriy etiş közda tutilgan. 1923 yilda Turkiya jumhuriyati e'lon qilinganidan beri parlament rasman oliy hokimiyat organi bölib qolmoqda. Mustafo Kamol Otaturk izdoşlari uçun bu mamlakat siyosiy tizimining timsoli ham hisoblanadi. U qonunçilik va mudofaa sohasidagi qarorlarga ham tegişlidir. Bundan taşqari, aynan parlament hukumatga işonç bildiradi, uning faoliyatini bevosita nazorat qiladi, harbiy holat e'lon qiladi. 

Taklif etilayotgan özgarişlarga köra, prezident vakolatlari birmunça kengaytiriladi hamda u davlat va hukumat rahbariga aylanadi. Boş vazir lavozimi tugatiladi. Prezident vitse-prezident, vazirlar, sud hay'atlarining bir guruh a'zolari va prokurorlarni tayinlaşi mumkin. U parlament körib çiqmasdan ham kuçga kiradigan farmonlarni imzolay oladi. Albatta, bu farmonlar parlament vakolatlariga zid bölmasligi kerak. 

Davlat rahbari, şuningdek, favqulodda holat e'lon qilişi, referendumlar taşkil etişi, davlat byudjyeti muhokamasini parlament muhokamasiga kiritişi mumkin. U zarur deb topsa öz partiyasida qoliş huquqiga ega böladi.

Yangi islohotlarga köra, agar ular referendum orqali tasdiqlansa, parlament va prezident vakolatlari muddati 5 yilni taşkil etadi. Şu munosabat bilan navbatdagi prezident va parlament saylovlari bir kunda 2019 yil 3 noyabrda bölib ötadi. 

Dastlabki ijtimoiy sörov natijalariga köra, ovoz beriş jarayonida saylovçilarning iştiroki 80 foizdan ortiqni taşkil etişi mumkin. Özgartiş kiritiş tarafdorlari va qarşilar örtasidagi nisbat hozirça deyarli bir xil. Biroq, köplab ijtimoiy fikrni örganiş markazlarining fikriça, 55 foiz fuqaro yangilikni ma'qullaşi mumkin.