Butunjahon boks kengaşi (WBC) versiyasi böyiça jahon çempioni, amerikalik Deontey Uaylder superoğir vazn toifasida beşinçi marta kamarini himoya qildi.
U amerikalik boşqa bir boksçi Jyerald Vaşingtonga qarşi ringga kötarilib, 12 raundlik jangning 5-raundida uni texnik nokaut holatiga tuşirgan.

Uaylder 2016 yil mayida u va rossiyalik Aleksandr Povetkin janggi qoldirilganidan söng ikkinçi marta ringga çiqdi. U 2016 yilning 17 iyulida Alabama ştatidagi Birmingem şahrida bölib ötgan 12 raundlik jangda hamyurti Karis Arreolani 8-raundda texnik nokaut bilan mağlubiyatga uçratgandi.
Professional ringda 38-jangini olib borgan Deontey barçasida (37 tasi nokaut bilan) ğalaba qozongan. U 2015 yilda qölga kiritgan çempionlik unvonini beşinçi marotaba himoya qildi.
Eslatib ötamiz, Uaylder 2016 yilning 21 may kuni rossiyalik Aleksandr Povetkin bilan jang ötkazişi rejalaştirilgandi, biroq rossiyalik boksçining organizmida meldoniy qoldiqlari aniqlangani uçun jang noma'lum muddatga qoldirildi. WBC Povetkinga nisbatan tergov işi davom etguniga qadar Deontey Ualderga öz titulini ixtiyoriy ravişda himoya qiliş huquqini berdi.









