«La-La Lend» rejissyori Demen Şazell AQŞ kinoakademiyasining rejissyorlik işi uçun atalgan «Oskar» mukofotiga munosib körildi.

Sovringa, uşbu 32 yoşli rejissyordan taşqari, Deni Vilnev («Taşrif»), Mel Gibson («Vijdon nuqtai nazaridan»), Kennet Lonergan («Dengiz böyidagi Mançester») va Barri Jyenkins («Oy şu'lasi») da'vogar bölgandi.

Amerika kino san'ati akademiyasi mukofotlarini topşiriş böyiça 89-marosimni 49 yoşli taniqli qiziqçi Jimmi Kimmel olib bormoqda. Tadbir 13-marta 3,3 ming kişiga möljallangan Dolby teatrida ötkazilmoqda.