Rejissyor Demen Şazellning «La-La Lend» filmi qölga kiritilgan Amerika kino san'ati akademiyasining «Oskar» mukofotlari soni böyiça rekord örnata olmaydigan böldi.

14 ta yönaliş böyiça mukofotga da'vogarlik qilgan «La-La Lend» filmi «Eng yaxşi qöşiq», «Eng yaxşi original saundtrek» va «Eng yaxşi operatorlik işi» yönalişlarida mukofotni qölga kiritdi, ammo «Eng yaxşi ovoz», «Eng yaxşi ovoz montaji», «Eng yaxşi liboslar» va «Eng yaxşi ssenariy» nominatsiyalarida boşqa da'vogarlar ğolib böldi. Natijada uşbu film kinematografiya tarixidagi eng köp «Oskar» mukofotini qölga kiritgan filmga aylaniş imkoniyatini boy berdi.

«Oskar» mukofotlari soni böyiça birinçilik «Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytişi», «Titanik» va «Ben-Gur» filmlariga tegişli, ular 11tadan haykalçalarni qölga kiritgan.