Sport | 00:32 / 27.02.2017
10682
2 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Yunayted» beshinchi marta Liga kubogida zafar quchdi

Angliya Liga kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. «Uembli»da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Manchester Yunayted» va «Sauthempton» jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib borishdi.

Uchrashuv avvalida Manolo Gabbyadini hisobni ochgandi. Biroq hakam ofsayd qayd etib «toza» golni hisobga olmadi. Shundan so‘ng Zlatan Ibrahimovich va Jyessi Lingard tomonidan kiritilgan gollar «MYu»ni 2:0 hisobidagi oldinga olib chiqqandi. Ammo Manolo Gabbyadini baribir o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Birinchi bo‘lim so‘nggida va ikkinchi bo‘lim boshida italiyalik hujumchi tomonidan kiritilgan gollar muvozanatni tikladi. Lekin bu ham g‘alaba uchun yetarli bo‘lmadi. Asosiy vaqt tugashiga 3-daqiqa qolganida Zlatan Ibrahimovich g‘alaba to‘pini kiritib, «Yunayted»ga bosh sovrinni keltirdi.

Ushbu g‘alaba «MYu»ning Liga kubogidagi 5-g‘alabasi bo‘ldi. Jamoa bu borada «Chelsi» va «Aston Villa»ga yetib oldi. Hozircha bu sovrinni eng ko‘p qo‘lga kiritgan jamoa «Liverpul» bo‘lib turibdi. Mersisaydliklar hisobida 8ta bosh sovrin mavjud.

Angliya liga kubogi

Final

Manchester Yunayted – Sauthempton 3:2 (2:1)

Gollar: Ibrahimovich (19, 87), Lingard (38) – Gabbyadini (45+1, 48).
Manchester Yunayted: De Xea, Smolling, Bayi, Roxo, Valensiya, Lingard (Reshford, 77), Pogba, Errera, Mata (Kerrik, 46), Marsyal (Fellayni, 90), Ibrahimovich.
Sauthempton: Forster, Stivens, Bertran, Soaresh, Yosida, Redmond, Uord-Prouz, Tadich (Bufal, 77), Devis (Rodriges, 90), Gabbyadini (Long, 83), Romeu.
Ogohlantirishlar: Romeu (18), Errera (24), Stivens (40), Lingard (41), Redmond (56).

Mavzuga oid