Özbekistonda jinoiy jazolar tizimiga «majburiy jamoat işlari» kiritiladi. Bu haqda 24 fevral kuni bölib ötgan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida ma'lum qilindi.
Majlisda «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini ta'minlaşga doir qöşimça çora-tadbirlarning qabul qilinişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqildi. Qayd etib ötilganidek, uşbu Qonunning qabul qilinişi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmonida mavjud bölgan normalarning amaliyotga tatbiq etilişini ta'minlaydi.
«Fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş, sud-huquq tizimini yanada isloh qilişni ta'minlaş mamlakatimiz Prezidenti rahbarligida amalga oşirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yönalişi hisoblanadi. Kiritilayotgan özgartiş va qöşimçalarga muvofiq jinoiy jazolar tizimiga «majburiy jamoat işlari»ning kiritilişi munosabati bilan qamoq tariqasidagi jinoiy jazo bekor qilinadi. Jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan şaxslarni uşlab turiş, qamoqqa oliş va uy qamoği tarzidagi ehtiyot çoralarini qöllaş, dastlabki tergov, şuningdek fuqarolik işi böyiça sud qarorini nazorat tartibida qayta körib çiqiş muddatlari qisqartirilmoqda», deydi Qonunçilik va sud-huquq masalalari qömitasi a'zosi Şuhrat Mamajonov.
Eslatib ötamiz, ötgan yilning oktabridagi farmonga köra, 2017 yilning 1 aprelidan jinoyat sodir etişda gumon qilingan şaxslarni uşlab turiş muddatini 72 soatdan 48 soatgaça qisqartiriş, qamoqqa oliş va uy qamoği tarzidagi ehtiyot çoralariga mutanosib ravişda dastlabki tergov muddatlarining eng köp muddatini 1 yildan 7 oygaça kamaytiriş belgilangan.











