YPX xodimidan qoçib, bir neçta maşinani urib ketgan yigit va qiz jinoiy jazoga tortildi. Jinoiy iş JIB Çilonzor tuman sudida sudya Abbosjon Abduğafforov raisligida körib çiqildi. Bu haqda «Millar» dasturida xabar qilindi.

Sud hujjatlarida keltirilişiça, holat sodir etilganida Gentraʼdagi yigit va qiz narkotik modda ta’sirida bölgan. Ammo sudlanuvçilar buni tan olmagan. Maşinani haydovçilik guvohnomasi bölmagan qiz boşqargan. Avtomobil yigitning dadasi nomida bölgan.

Maşinani davlat raqam belgisini yeçib olgan holda boşqarişgan. YPX xodimi ularga töxtaş işorasini bergan. Biroq yigit va qiz töxtamasdan, qoçişda davom etgan. Yöl-yölakay 5 ta maşinani urib ketgan.

“Harakatlanib ketayotgan paytimiz bizni “GAI” xodimi töxtatdi. Biz töxtamadik. Maşinaning davlat raqam belgisi yöq edi. Keyin quvladi, qoçdim, avariya bölib töxtadik. Heç kim bunaqa işlar qilişini xohlamayman”, degan qiz.

Şikast yetgan avtomobillar egalariga yetkazilgan zarar qoplab berilgan.

Sudning hukmi bilan yigit va qiz Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilişda aybli deb topilgan. Yigitga JIB Çilonzor tuman sudining 2025 yil 1 maydagi hukmi bilan tayinlangan jazoni qisman qöşiş yöli bilan uzil-kesil ötaş uçun 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Qiz esa 4 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosiga tortilgan.

Qora Gentraʼdagi uşbu bezorilik 2025 yil 19 aprel tongida sodir bölgandi. Guvohlarning Kun.uz muxbiriga aytişiça, kamida 2 ta Damas, bitta Matiz va Li9 avtomobillariga turli darajada zarar yetkazilgan.