Room 237 taxallusli foydalanuvçi Vimeo videoservisida 1970 yildan bizning kunlargaça eng yaxşi film yönalişida "Oskar" olgan 45 ta filmning yakuniy lavhalaridan iborat rolikni joylaştirdi. 

"Oy yoruği" filmiga bastalangan kuy jörligida boruvçi rolikda "Diqqat markazida", "Byordmen", "Artist", "Qöziçoqlar sukuti", "Çöqintirgan ota", "Titanik", "Forrest Gamp", "Gladiator" va boşqa filmlarning yakuniy lavhalari namoyiş qilingan.

AQŞ kinoakademiyasi ta'sis etgan "Oskar" mukofotining 2017 yilgi taqdirlaş marosimi 26 fevraldan 27 fevralga ötar keçasi namoyiş qilinadi.